Xonqa tumani MMTBga qarashli 49-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Rustamova Dilnura Javlon qizi “Faol ekolog” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi va 900000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. O‘qituvchisi Quryozova Gulnozga, o‘quvchimizning ota-onasiga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz. O‘quvchimizning keyingi o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.